Oxbridge xalqaro maktabi bolalar uchun ta’lim va o’yin muhitini taklif etadi. Bizning bolalar bog’chamiz bolalarning psixologik qulayligini hisobga olgan holda tashkil etilgan. Farzandlarimiz toza havo va faol o’yinlardan bahramand bo’lishlari uchun biz sport mashg’ulotlari va yurish uchun keng maydonni taqdim etamiz. Bundan tashqari, bizda 3 ta suzish havzasi mavjud bo‘lib, u yerda bolalar suzishni o‘rganishlari va jismoniy ko‘nikmalarini rivojlantirishlari mumkin. Oxbridge xalqaro maktabida biz farzandlarimizning har tomonlama: jismoniy, kognitiv, ijodiy, psixologik va ijtimoiy rivojlanishi uchun maqbul shart-sharoitlarni yaratishga intilamiz. Tajribali o‘qituvchilar va professional mutaxassislardan iborat jamoamiz farzandingizga yuqori darajadagi ta’lim va g‘amxo‘rlikni kafolatlaydi.